Категории

Saytimizning ushbu sahifasida bir qadar bahsli mavzularni ko'tarib chiqishga harakat qilmoqdamiz. Sababi bugunning anchayin muammoli mavzusiga aylangan “zo'raki to'ylar” va dabdababozlik, uvolga yuz tutgan ortiqcha bazmlarimiz davlatimizning odil siyosati va qarorlari asosida mustahkamlanib, har birimizni sergak tortishga undamoqda. Sababi to'ylarimiz sabab yuzaga kelgan muammoli vaziyatlardan biz ham yuz o'girolmaymiz. To'ylarimiz yoshlarimiz uchun ibrat, milliy o'zligimiz va qadriyatlarimiz bardavomligi, ertangi kun – kelajak uchun poydevor bo'lolmas ekan, to'ylarimiz muammoli o'ylarimizga aylanadi.

 Sababing savob bo'lmasa insonning bu dunyoda yashamog'idan ma'ni yo'q. Biz saytimiz orqali garchi sizning xizmatingizda bo'lsak-da, iymon, insof yoki me'yor chegarasidan oshmoqchi emasmiz. Kamtarona to'ylarga kamtarona xizmat ko'rsatish niyatida uzoqni yaqin qilguvchi axborot asrining ushbu imkoniyati o'z hamkorlarini tanlashda ham me'yoriy talablar asosida buyurtmalarni qabul qiladi.

 Shu qatori “kichik marosim”larning katta chiqimlari: to'y oldi “Fotiha to'yi”, “Qiz o'tirish”, “Qiz chaqirish” yoki “Kuyov chaqirdi” marosimlari, andijonda ko'r-ko'rona to'y oldi va to'ydan keyin kuyovning uyiga 40 kungacha egulik yuborish – “Mazar” ko'pchilikning “mazasi”ni qochirayotgani tayin. Savol tug'iladi. Xo'sh to'ylar shunday “to'kis” o'tkazilayotgan ekan, nega ajrimlar soni yildan-yilga oshib bormoqda?! Qudachilikning tengligi nahotki oqibatda emas, iqtisodiy tenglik bilan baholansa. Saruposi kam qiz borgan uyida ta'na-yu, xo'rliklar ostida qoladigan bo'lsa, er yigitlarimizning g'ururi va or-nomusi qayda qoldi.

 San'atkor ahli hamisha xalqning hurmati va e'tiborida. San'atkor ahli aslida ma'naviyat, odob-axloq targ'ibotchilaridir. Bugungi kunda “Birrov” bahona o'zlarining narxini oshirib, olgan mukofot va maqomotlarini pesh qiladigan san'atkor-qo'shiqchilar ko'payib ketgan. Bu ular uchun daromad manbaidir, shu e'tirof va izzat hurmatni ular eldan olmasa, birrovlik xizmati bahona talasa kim bo'lishardi billolmaysan kishi.

 Umid qilamizki, bazm va to'y marosimlari batartib ixchamlashib, biz bilan hamkorlik qilish niyatida bo'lgan xizmat ko'rsatuvchi tadbirkor va tashkilotchilar bu haqda aniq va muqim qarorga kelishadi.

Поделитесьс друзьями

Комментариик статье

О данной статье ещё никто ничего не писал. Оставьте первый комментарий!