Категории

“Qiz kelin bo'lgan kecha...”

Ekspertlar maslahatlari 31.03.2018 1631

Ota-ona guldek qizining bo'ylarini gulga o'lchab tarbiyalab ulg'aytirar ekan kun kelib bo'y etgan qizning qizil loladek husnu jamoli, ibo-hayosi atrofdagilarning ham e'tiborini tortayotganidan biroz xavotirga tushishadi.

Taomili shunaqa... o'qiganmi, o'qimaganmi, yaxshi qiz bo'lsa “ostonaning supuruvchi” – sovchilarning keti uzilmay qoladi.

Jonim qizim, sukutlariningdagi rizolik bekorga emasdir. Ko'ngil aldamaydi, bu to'yga o'zing ham rozisan. Bu xijolatlikdan o'zingni olib qochgani sening bezaging. Ammo to'yning sening ko'nglingdagidek o'tish-o'tmasligi, to'y bahona ko'nglingda momaqaldioqdek guldiragan orzu-havaslarni deb o'z yaqinlaringni xafa qilib qo'yma. Qizlarimizning to'y oldi o'zgarib qolishlari, injiqliklari ba'zan quyushqondan chiqib jizzaki bo'lib qolishlari sir emas. Axir sening boshqa uyga kelin bo'lib borishing o'z yaqinlaringning ko'nglini qoldirib ketishing bilan tugasa nima bo'ladi. Sen ulg'aygan ota uy, onangning nasihatlari, sirdosh dugonalaringning ba'zan, yaxshi kunda yoningda turish uchun bir og'iz maslahatu nasihatini ayamaganlarni sen ham ayagin. Ko'ngilni qoldirish oson, hayotda esa mushkulotlarga ko'p bora duch kelamiz.

Ba'zan sevib turmush qurganing sen o'ylagan odam bo'lib chiqmasligi mumkin. Sen tanlagan oila muhiti o'z uyingdagidek bo'lmasligi ham tayin. Hozircha o'zing hammadan bekitgan ko'ngil titroqlarini, hayajonlarni sarflash oldi bir muddat o'ylab ko'r. Shamoldek shoshqaloq xayollaringni aql bilan bostirmay oyoq osti bo'lma. Bu dunyoning havaslari ichida to'y ham o'tkinchi, sen hamisha o'zligingga sodiq qol. Axir sen o'zbek qizisan, yoki o'zligingda kimligingni anglab et.

 “Sepli kelinlar”ning epi kelmay qoqilganlari ko'p. Ortiqcha hashamat bilan inson baxtli bo'la olsa edi... qiz kelganda supurgi ham qo'rqib turadigan uyingning barakasini uchirma.

Axir to'y oldi qaynonang bilan maslahat qilgani onang, kelishish uchun otang, kelishtirish uchun sovchilar, sen deb har ishga shay yaqinlaring bor.

Ana! Yor-yor sadosi jarang sochmoqda, ana intiq go'shanganing qutlug' ostonasi seni ulkan hayot ostonasiga shaylamoqda. To'yning bezagi esa aqlli va ibo-hayoli bosiq kelindir. Oq libosingning rangini yuragingga singdir, sening baxting oldinda! To'y hayajoni bu – kelinning, sening atrofdagilarni istagancha jerkib, injiqliklaringni ko'tarishga majbur degani emas.

Jonim qizim, asli mehmonim qizim, sening baxtingni ko'rishga intiq aziz insonlaringning qadriga et. Baxtli bo'l ilohim!

Поделитесьс друзьями

Комментариик статье

О данной статье ещё никто ничего не писал. Оставьте первый комментарий!