Toifalar

Mehmonlarning o'rni va taomlanishga e'tibor

To'yni tashkillashtirish 02.05.2018 2698

Xonadonimizga mehmon kelganida ham avvalo izzati va yoshiga qarab kelgan mehmonlar to'rga o'tqaziladi. Ammo shuni unutmangki, poygak va poygakka o'tirgan kishi ham obro'siz hisoblanmaydi. Sababi yig'ilganlarning ma'nili yoki bema'ni suhbatini tinglab ba'zan poygakni ham to'r deb ataging keladi.

To'yda-chi, to'yda?! To'yda ham to'y egalari, quda tomonning hurmati va izzatini o'z o'rniga qo'yish me'yoriga amal qilingan holda joy-o'rinlar tanlanadi. Ba'zida o'zini, o'zligini bilmay to'rga o'tib o'tirib oladigan beor mehmonlar ham chiqib qoladi. To'y bu ehson, shunda ham kelgan mehmonlarni xafa qilib qo'ymang. Ochiq chehralik va ko'tarinki kayfiyat bilan mehmonlarning o'rnini belgilashda yaqinroq qarindoshlaringizdan birini “mulozamatchi” sifatida boshqaruvchilikka tayinlang. Bu ish yurituvchi-boshqaruvchingiz shunday samimiy va hazilkash kishi bo'lsin-ki, hazil bilan chinni to'g'irlab ketsin. Shundagina siz kelgan mehmonlarni o'z o'rniga o'tqazishdagi tartibda noo'ng'ayliklarga duch kelmaysiz. Aslida-ku, kelgan hamma mehmon (kelin-kuyovning o'rtoqlari va boshqa marosimlarni inobatga olib alohida tanlangan o'rin-joylardan tashqari)larning o'rni shu kuni to'yning to'ri hisoblanadi. Shunday bo'lsa-da, yoshga xos bo'lgan taomlanishlar, spirtli ichimliklarning qo'yilishi, ovoz kuchaytirgichlardan uzoq-yaqinlik-akustika, to'yga kelgan kichik yoshdagi mehmonlarni ham inobatga olgan holda joy belgilashingiz lozim. Agarda siz Davlatimiz tomonidan belgilab qo'yilgan qarorlar asosida me'yor va belgilangan tartibda to'y o'tkazadigan bo'lsangiz, 100-140 ta qarindoshingiz bilan to'y o'tkazasiz. Bunda esa to'yga keladigan qaysi mehmonning qaerda o'tirishini belgilash va tusmollash qiyin emas.

O'zbekning dasturxoniga avvalo non qo'yish bilan bezatilishini inobatga oladigan bo'lsak nonni ham mehmonlar ichidagi xastahol va parhezdagi kishilarni ham inobatga olgan holda dasturxonga non tanlang.

Shuni unutmangki, Sharq xalqlarida dasturxon tuzatishda ham e'tiqod va milliylik mujassam. Ammo keyingi paytda Sharq va G'arbni uyg'unlashtirib to'yda dasturxon tuzayman deganlarning ko'pini “beli sinib” qarzga botgani tayin.

To'y kuni dasturxon bezatishda imkon qadar milliy qandolatchilik mahsulotlari va milliy taomlarga e'tibor bering. Bunda siz xorijiy sayyohlar va uzoq yaqindan kelgan mehmonlarning hurmatini qozonishingiz tayin.

Kelgan mehmonlarning o'rni bu sizning xayotdagi o'rningiz ekanini ham unutmang!..

Поделитесьс друзьями

Maqolagasharhlar

Ushbu maqola haqida hali hech kim fikr bildirmadi. Birinchi bo'lib fikr-mulohazaliringizni qoldirng!

To'yingizni biz bilan tashkillashtiring va 1 000 000 yutib oling

To'yingizni tashkillashtirishdan zavq olishni xohlaysizmi?
ThankYou bunda sizga yordam beradi!

Aktsiyada ishtirok eting va 1 000 000 pul mukofotini yutib oling! Aktsiya har oy o'tkaziladi, shuning uchun siz aktsiyaning istagan sonida ishtirok etishingiz mumkin.