Nikoh uzugini qanday tanlash mumkin ?..

Zargarlik buyumlari

06.04.2018

Bir umrga taqdiringizni bog'lovchi va muhabbatingiz ramzi bo'lgan nikoh uzugini tanlashda aslo shoshilmang! Unda ham siz nozik did ila tanlagan umr yo'ldoshingiz timsolini ko'ra olishingiz lozim. Sotilmaydigan, birovga berilmaydigan bu “muqaddas rishta” bir umrlik vafodor yoringizga sadoqatingiz ramzi hisoblanadi.

Siz uni qaysi qimmatbaho metaldan bo'lishini istaysiz, avvalo shu haqda muqim bir qarorga kelib oling. Misol uchun u kumush, oltin va platinadan yasalgan bo'lishi mumkin. Shuni unutmangki metal xossasi va xususiyatiga ko'ra sizning sog'lingiz va teringiz rangiga mos bo'lishi lozim. Shundan so'nggina u timsol sifatida sizning qimmatbaho buyumlaringiz qatoridan o'rin olishi mumkin.

Qizil oltin- u an'anaviy nikoh uzuklari sirasiga kirib, hunurmand va dizaaynerlarimiz tomonidan o'zining ko'pgina afzalliklari bilan ajralib turadi. Jumladan qizil oltin har qanday turdagi teriga mos kelishi va jozibadorligi bilan bir qatorda nikohlanishlar qamrovi jihatidan ham yosh tanlamaydi. Oltin uzuklarning hayratomuz shunday tarkibdagi turlari mavjudki, eshitib ajablanasiz ham. Sababi aynan oltinning qizil, qora va sariq turlari mavjud. Bunday metal haqiqiy zargarning qo'liga tushgandagina san'at asariga aylanishi mumkin. Kimdir unga bir umrlik vafodor yorining ismini harflar bilan o'ydirib yozdirsa, kimdir nikoh uzugini qimmatbaho toshlar bilan bezatishni istaydi. Kimdir esa odmilik va soddalikni xush ko'radi.

Kumush u o'zining kumush rangi bilan ham aynan boqiy nikoh ramzi hisoblanadi. Jumladan dunyo miqyosida eng ko'p buyurma qilingan uzuklar bugungi kunda aynan kumushdan yasaladi.

Nikoh uzuklari asosan yasalish uslubiga ko'ra ikki turga mansubdir. Bular – klassik va dekorativ – bezakli uslublardir.

Zargarlarning mohirligi, Yaratganning peshonaga bitganzargarligi” – baxt, sizning ezgu ahdingiz bilan barmog'ingizning aynan yurak tomirlari bilan tutashib turuvchi barmog'ingizga taqqan nikoh uzugingiz abadiy ishq va baxt timsoli bo'lib qolishini tilaymiz.

Sahifa bilan ulashish

Xizmatda bo'lganlar