Розыгрыш

Шанс выиграть 1 000 000 на свадьбу вашей мечты!

Хотите получать удовольствие, организуя свою свадьбу?
ThankYou вам поможет в этом!

Примите участие в розыгрыше и выиграйте денежный приз в размере до 1 000 000 ! Розыгрыш проводится ежемесячно, поэтому вы можете принять участие в любом из выпусков.

Как это работает?

Сообщите нам, предприняли ли вы какие-либо из перечисленных ниже действий - при планировании свадьбы или после, сказав "Да" - чтобы заработать и копить баллы. Каждое действие - это шанс на победу!

Встреча

Запросите баллы за встречу с поставщиками услуг

2 баллов

Договор

Запросите баллы, когда наймёте поставщика услуг на свадьбу

10 баллов

Отзывы

Напишите отзывы вашему поставщику услуг, чтобы заработать баллы

5 баллов

Публикация сайта

Создайте на портале свадебный сайт и опубликуйте его

25 баллов

Предоставление фотографий

Предоставьте ThankYou ваши свадебные фотографии

50 баллов

Подтверждённый подарок

Создайте список подарков и получайте их от гостей

10 баллов

Учавствуйте в розыгрыше и станьте нашими следующими победителями

Текущий выпуск

В настоящее время в розыгрыше участвуют 1 пар

Ещё ни один участник не набрал достаточное количество баллов для прохождения в соревновательную часть.

Победители предыдущих розыгрышей

Уже было проведено 0 розыгрышей. Будьте в следующем списке победителей!

На текущий момент мы не проводили розыгрышей.

Начните учавствовать в розыгрыше прямо сейчас

Зарегистрируйте свой БЕСПЛАТНЫЙ аккаунт и начните получать баллы прямо сейчас.

Общие условия и правила розыгрыша

Aktsiyaning umumiy shartlari

 

1.  Tashkilotchi, aktsiyaning maqsadi, ta'riflar.

"Aktsiyada ishtirok eting va to'yingizga 1 000 000 so'm yutuqni yutib oling!" - Bu XT “Thank You Servis” tomonidan o'tkaziladigan aktsiya.

Maqsad - tovarlar va xizmatlarning sotilishini rag'batlantirish, foydalanuvchilarning saytdagi o'zaro munosabatlarini birlashtirish, shuningdek brendning xabardorligini oshirish va Internetda portalni targ'ib qilish. (Thankyou.uz).

Foydalanuvchilar: Barcha Thankyou.uz portalidan foydalanayotganlar .

Qatnashuvchilar: Voyaga etgan, portalda ro'yxatdan o'tgan va ballarni to'playotgan foydalanuvchilar.

Ballar: Identifikatsiya raqami mavjud bo’lgan  raqamli birliklar.

G'olib: Ballar to'plagan, tasodifiy ravishda g'olib sifatida tanlangan ishtirokchi.  

To'y veb-sahifasi: Kelin-kuyov sifatida ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar tomonidan yaratiladigan va boshqariladigan veb-sahifa.

Sovg'alar ro'yxati (toyona): Kelin-kuyov hisob raqamiga mehmonlar tomonidan pul o'tkazmalarini amalga oshirish mumkin bo'lgan to'y veb-sahifasidagi bo’lim.

Aktsiya o’tkazilish davri:  01.10.19 dan 31.10.19 gacha.

Ballarning yaroqliligi: Ballar faqat  aksiya o’tkazilish davrida tasdiqlangan, bir aktsiya uchun amal qiladi.

2. Rag'batlantirish ob'ekti.

Sovrinni, portalda ro'yxatdan o'tgan, aktsiyada ishtirok etgan, umumiy shartlarni bajaragan va g'olib bo'lgan foydalanuvchi qo’lga kiritadi. G'olib mukofotni pul shaklida oladi. Sovrin (miqdori 5- bandda ko'rsatilgan) barcha ishtirok etayotgan foydalanuvchilar o'rtasida o'ynaladi (batafsil shartlar 6-bandda).

3. Aktsiya o’tkazilish davri.

Aktsiya 2019 yil 1 oktyabr 00 soat 00 daqiqa (UTC +5) da boshlanadi va har oyning 28, 29, 30 yoki 31-da (oyga qarab) 23 soat 59 daqiqada (UTC +5) yakunlanadi.

G'olib deb topilgan foydalanuvchi,  Thankyou ga (info@thankyou.uz) yozma ariza yuborgan va unga tasdiqni olgan vaqtdan boshlab, Sovrinni olish uchun, eng ko'pi bilan o'n besh (15) kun vaqti bor.  (batafsil shartlar 8-bandda).                                                        

4. Ballarni to'plash

Ishtirokchilar portalda ro'yxatdan o'tgan xizmat ko’rsatuvchilar bilan uchrashuvlar o’tkazish va shartnomalar tuzish orqali Aktsiya formasini to'ldiradilar.

Foydalanuvchilar / ishtirokchilar to'plashlari kerak bo'lgan minimal ballar soni - 150 ball.

So’rovlar va ballarni maksimal olinishi mumkin bo'lgan soni:

  • Xizmat ko’rsatuvchi bilan uchrashuv: Ishtirokchilar boshqaruv panelida uchrashgan xizmat ko’rsatuvchini tanlashlari kerak. So'rov xizmat ko’rsatuvchi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Ushbu shartga muvofiq tasdiqlangan har bir so'rov 2 ballga teng. Ishtirokchi aktsiya davomida hammasi b’olib 20 tadan ko'p bo'lmagan so’rov yuborishi mumkin, shunday qilib to’plangan ballarning eng ko’p miqdori 40 ni tashkil etadi.
  • Xizmat ko’rsatuvchi bilan shartnoma: Ishtirokchilar shartnoma tuzgan xizmat ko’rsatuvchini tanlab, uni yollangan deb belgilashlari kerak. So'rov xizmat ko’rsatuvchi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Ushbu shartga muvofiq tasdiqlangan har bir so'rov 10 ballga teng. Ishtirokchi aktsiya davomida hammasi b’olib 25 tadan ko'p bo'lmagan so’rov yuborishi mumkin, shunday qilib to’plangan ballarning eng ko’p miqdori 250 ni tashkil etadi.
  • Shartnoma tuzilgan xizmat ko’rsatuvchi to'g'risida fikr-mulohazalarni qoldirish: Ishtirokchilar shartnoma tuzgan va tasdiq olgan xizmat ko’rsatuvchinining profilida fikr-mulohazalarni yozishlari va nashr etishlari kerak. Har bir fikr-mulohaza 5 ballga teng. Ishtirokchi aktsiya davomida hammasi b’olib 25 tadan ko'p bo'lmagan fikr-mulohaza qoldirishlari mumkin (har bir xizmat ko’rsatuvchi uchun faqat bitta fikr-mulohaza qoldirish mumkin), shunday qilib to’plangan ballarning eng ko’p miqdori 125 ni tashkil etadi.
  • To'y veb-sahifasini nashr etish: Ishtirokchilar to'y veb-sahifasini yaratishlari va portalda nashr etishlari kerak. Portalda yaratilgan har bir to'y veb-sahifasi 25 ballga teng. Ishtirokchi aktsiya davomida 1ta veb-sahifa yaratishi mumkin, shunday qilib to’plangan ballarning eng ko’p miqdori 25 ni tashkil etadi.
  • To'y fotosuratlarini taqdim etish: Ishtirokchilar ThankYou jamoasiga to'ylarining kamida 12 ta fotosuratlarini taqdim etishlari kerak. Ushbu shartga muvofiq toy fotosuratlarni taqdim etish 50 ballga teng.
  • Tasdiqlangan sovg'a (toyona): Ishtirokchilar mehmondan, sovg'alar ro'yxatining hisob raqamiga quyida ko’rsatilgan miqdoridan kam bo’lmagan pulni olishlari kerak. Ushbu shartga muvofiq har bir o'tkazma 10 ballga teng.

Ushbu Nizomga muvofiq, xizmat ko’rsatuvchi bilan shartnoma tuzganlik va uchrashganlik uchun taqdim etiladigan ballar, faqat xizmat ko’rsatuvchilar tomonidan tasdiqlangandan keyingina hisobga olinadi.

Ushbu Nizomga muvofiq, fikr-mulohazalarni xizmat ko’rsatuvchilar sahifasida nashr qilganlik uchun taqdim etiladigan ballar, faqat ushbu xizmat ko’rsatuvchilar sahifalaridagi ishtirokchi tomonidan yo’llangan “Yollangan deb belgilash” so’rovini tasdiqlangandan keyingina hisobga olinadi.

Mehmon tomonidan amalga oshirilgan pul o'tkazma summasi 30 ming so'mdan kam bo’lmasligi kerak (13-bandda umumiy shartlar va tariflar).

5. Sovrinlar, pul o'tkazmalari va rasmiy valyutalarning tavsifi

Thankyou tomonidan belgilangan sovrin summasi bank o'tkazmasi orqali g’olib foydalanuvchiga yuboriladi. O'tkazma valyutasi, pulni qabul qilgan mamlakat  valyutasida amalga oshiriladi.  

G'olibning hisob raqamiga mablag'ni olish bilan bog'liq har qanday boshqa to'lovlar yoki qo'shimcha xarajatlar g'olib tomonidan qoplanadi.

1-chi sonli Aktsiya sovrini 1 000 000,00 (bir million) so'm miqdorida belgilanadi.

Hech qanday holatda sovrinni sotish, qayta sotish, kim oshdi savdosi yoki har qanday turdagi tijoratlashtirish predmeti bo'lishi mumkin emas. Sovrin uchinchi shaxslarga berilmaydi. Sovrindor, sovrinni o’z xohishiga k’ora sarflaydi va suiste'mol qilganlik yoki umumiy shartlarni buzganlik uchun Thankyou b’olmaydi.

Hech qanday holatda so’vrin portalda ro'yxatdan o'tgan xizmat ko’rsatuvchilar xizmatlariga almashtirilmaydi va almashtirilishi, o'zgartirilishi, qoplanishi yoki uchinchi shaxslarga o'tkazilishi mumkin emas, agar Thankyou va g'olib o'rtasida oldindan yozma shartnoma imzolanmagan bo'lmasa.

Ushbu Nizom to'g'ri bajarilishiga xalaqit beradigan engib bo'lmas kuchlar yoki holatlar yuzaga kelganda, Thankyou sovrinni xuddi shu xususiyatlarga ega bo'lgan boshqa sovringa almashtirish yoki muammo hal qilinmaguncha vaqtinchalik o'yinni to'xtatib turish huquqini o'zida saqlab qoladi.

6. Ishtirok etish uchun majburiy shartlar

Aktsiyada Thankyou portalida ro'yxatdan o'tgan har bir jismoniy shaxs qatnashishi mumkin. Har bir ishtirokchi voyaga yetgan bo’lishi, Aktsiya davomida Thankyou portalida ro'yxatdan o'tgan bo’lishi va  nikoh to'yni tashkil qilish jarayonida bo'lish yoki 2019 yil 1 yanvardan keyin nikohdan o’tganlik haqida tegishli hujjatga ega bo'lishi kerak. Ishtirokchilar ro'yxatdan o'tishlari, shartlarni qabul qilishlari va ballarni to'plashlari kerak.

Aktsiyada qatnashishi man etilgan foydalanuvchilar:

  • Thankyou egalik qiladigan portallarning xodimlari va ularning oila a'zolari, qarindoshlari, sheriklari yoki turmush o'rtoqlari.
  • Aktsiyaning birida g'olib bo'lgan ishtirokchilar, aktsiyaning navbatdagi sonlarida qatnasha olmaydilar.

Foydalanuvchilar portalda ro'yxatdan o'tgan faqat bitta profil orqali Aktsiyada ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar bir nechta profil yaratish va ishlatishdan bosh tortishlari kerak. Agar ushbu shartlardan biri bajarilmasa, ishtirokchi diskvalifikatsiya qilinadi. Bir yoki bir nechta qoidabuzarlik aniqlangan hollarda, g'olib aniqlagan yoki sovrin q’olibga topshirgan bo’lishiga qaramay ham, ThankYou tegishli choralarni ko'rish, sovrinni qaytarib berishni talab qilib sudga murojaat qilish huquqini o'zida qoldiradi. 

Ishtirokchilarning shaxsi, kerak bo'lgan hollarda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan biri (pasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqalar) bilan tasdiqlanishi kerak. Aktsiya formasini to'ldirgan ishtirokchilar ballar olish so'rovini amalga oshirishlari kerak.

Ro'yxatga olishni va / yoki ishtirokini noqonuniy ravishda o'zgartirishga harakat qilgan, natijani qalbakilashtirgan va / yoki ishtirok etishning soxta usullaridan foydalangan va / yoki Thankyou-ning bir yoki bir nechta shartlarini buzgan ishtirokchi Aktsiyadan chetlashtiriladi.

ThankYou, ushbu Shartlarga rioya qilmaydigan va / yoki axloqqa zid, haqoratomuz, tahdid soluvchi, ksenofobik, zo'ravonlikni qo'zg'atuvchi, uchinchi shaxslarning maxfiyligini buzadigan  har qanday ma’lumot nashr etadigan ishtirokchini hech qanday tushuntirishlarsiz, Aktsiyadan chetlashtirib qo'yish va ro'yxatdan o'chirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Agar sovrin ushbu qoidabuzar q’olibga topshirgan bo’lsa, ThankYou uni qaytarib olish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Ishtirokchilar Aktsiyada ishtirok uchun ham, sovrinni olish uchun ham faol bo'lishlari kerak.

7. G'oliblarni aniqlash

Aktsiya g'olibi ushbu Nizomning 6 va 4 bandlarida ko'rsatilgan shartlarni bajargan barcha ishtirokchilar orasida random.org sayti orqali aniqlanadi.

Bundan tashqari, agar asosiy g'olib shartlarni bajarmaasa yoki sovrinni rad etsa, zaxira q’olibi tanlanadi.

8. G'oliblarni e'lon qilish

G'olib elektron pochta orqali yoki telefon tarmoqlari orqali xabardor etiladi. Xabardor etilgandan  so'ng, sovrinni qabul qilish yoki rad etish uchun g'olib ko'pi bilan 3 (uch) kunga ega bo'ladi. Q’olib o’z qarorini info@thankyou.uz elektron pochta manziliga xat yuborib, sovrinni qabul qilish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni va hujjatlarni, shuningdek tekshirish maqsadida ThankYou tomonidan so'ralangan barcha ma’lumotlarni va hujjatlarni yuboradi.

Agar g'olib sovrinni qabul qilgani yoki rad etgani haqida xabardor qilmasa, mukofot zaxiradagi ishtirokchiga beriladi. Bunday holda, zaxiradagi ishtirokchi g'olib deb hisoblanadi va u barcha belgilangan talablarga rioya qilishi kerak bo’ladi.

Agar zaxiradagi ishtirokchi sovrinni qabul qilish yoki rad etish to'g'risida xabardor qilmasa, ThankYou, random.org-dan foydalanib, yangi tasodifiy g'olib va zaxira tanlaydi.

Sovrinni olish uchun g'olib ThankYou ga quyidagi ma'lumotlarni taqdim etishi kerak: 1. IFS, 2. Pasport va / yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi, 3. Bank rekvizitlari, shu jumladan BIC yoki SWIFT kodi.  4. Soliq manbaini tasdiqlash. G'olib, ThankYou ga sovrinni qabul qilishga roziligini bildirib elektron xat yuborganidan so'ng, ThankYou bu harakatni tasdiqlagan kundan boshlab, g'olibga bu ma'lumotlarni taqdim etish uchun o'n besh (15) kun beriladi,

ThankYou, sovrinni olish so’rovini yuborganingizdan keyin 15 ish kuni ichida sovrin to'lovini amalga oshiradi. G'olibning banki sovrin summasini bank hisobraqamida aks ettirishni kechiktirgan kunlar uchun ThankYou javobgar bo'lmaydi.

9. Cheklovlar

ThankYou va Aktsiyada qatnashadigan kompaniyalar, quyidagi sabablardan biri tufayli etkazilgan zarar uchun javobgar bo'lmaydi: 1) fors-major holatlari; 2) milliy Internet tarmog'iga ulanishdagi uzilishlar yoki intsidentlar; 3) Internetga xos bo'lgan texnik muammolar; 4) Thankyou bilan bevosita bog'liq bo'lmagan uzatish muammolari; 5) ularning nazorati ostida bo'lmagan boshqa hodisalar, tashqi omillar xatti-harakatlar.

Xatosi mavjud yoki o'qib bo'lmaydigan xabarlar ushbu Aktsiya maqsadlari uchun yaroqli va / yoki qonuniy kuchga ega xabar deb hisoblanmaydi.

Agar Aktsiya muvaffaqiyatli yakunlanishiga xalaqit beradigan asosli sabablar bo'lsa, yoki engib bo'lmas kuchlar bo'lsa, ThankYou ushbu Nizomga Aktsiya muvaffaqiyatli yakunlashiga yordam beradigan o'zgartirishlar kiritish huquqini saqlab qoladi.

Agar foydalanuvchi g'olib deb topilsa, lekin u ushbu Nizomning shartlaridan birini buzganligi aniqlangan bo'lsa, sovrinni qabul qilganidan/ olganidan keyin ham, Tankyou ushbu sovrinni qaytarib olish huquqini va shu bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan qonuniy harakatlarni o'zida saqlab qoladi.

10. Intellektual mulk va shaxsiy ma'lumotlarga bo'lgan huquqlar

Aktsiya ishtirokchilari o'zlarining rasmlari, shuningdek ismlari va familiyalarini, portalda, Facebook, Instagram, Pinterest, Telegram, Twitter va/yoki elektron pochtalarda tarqatish va targ’ib qilish uchun kompensatsiya olish huquqisiz foydalanishga ruxsat beradilar.

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlar Aktsiyada qatnashish natijasida kelib chiqadigan shartnomaviy munosabatlarni etarli darajada boshqarish uchun Thankyou tomonidan to'planadi va qayta ishlanadi.

Agar Ishtirokchi, so'ralgan ma'lumotlarni taqdim etmasa, sovrindan foydalana olmaydi. Ishtirokchilarning ma'lumotlarini qayta ishlashni qonuniylashtiradigan huquqiy asos bu huquqiy munosabatlar yoki shartnomaning mavjudligidir.

Ishtirokchilar taqdim etilgan ma'lumotlarning haqqiqiyligi, ishonchliligi va aniqligiga kafolat beradilar va o'zgarishlar yuz bergan hollarda ushbu ma'lumotlarni o’z vaqtida yangilashni o’z zimmalariga oladilar. Ishtirokchilar to'liq emas, yolg’on yoki noto'g'ri ma'lumot berish oqibatida uchinchi shaxslar tomonidan etkazilishi mumkin bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita Thankyou bilan bog'liq har qanday yo'qotish yoki zarar uchun javobgardirlar.

Ishtirokchilar shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bilan bog'liq qonun hujjatlariga asoslanib, ma'lumotlarga ruxsat, o'zgartirish, bekor qilish, o'chirish va/yoki  qayta ishlashga qarshi chiqish huquqiga ega. Buning uchun ishtirokchi biz bilan info@thankyou.uz elektron pochtasi orqali bog'lanib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki unga tenglashtirilgan hujjatning nusxasi va so'rov bo'yicha aniq ma'lumotlarni taqdim etishi kerak.

11. Soliqqa tortilish

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 178-moddasi 9-bandiga, 184, 185-moddalariga binoan yutuqlar, sovrinlar to'lov manbaida soliq solinadigan jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga kiradi, ya'ni soliqni hisoblash va byudjetga to’lash majburiyati TankYou zimmasidadir. Sovrin summasidan hisoblanadigan jismoniy shaxslarning daromad solig'i miqdori, shkala bo’yicha yoki sovrin oluvchining yozma arizasi asosida maksimal stavkada hisoblanadi. Ko'rsatilgan harajatlarni sovrindorlar qoplaydilar.

Xuddi shunday, norezident sovrindorlar uchun O'zbekistonda  lotereya va yutuqlar uchun maxsus soliq rejimi qo'llaniladi. "Thank You Servis" XK ushlab qolingan summa to'g'risidagi ma'lumotnomani, har bir kelin-kuyovga o'z yashash joylarida, daromadlari to'g'risida deklaratsiya topshirish imkoniyatiga ega bo’lishlari uchun taqdim etadi. G'oliblar amaldagi qoidalarga muvofiq sovrin uchun ushlab qolingan iste'mol xarajatlarini o’z zimmalariga oladilar .

U xalqaro pul o'tkazmalarini hisoblash uchun asosiy ofisdan o'tkazma kunidagi kurs bo'yicha va  plus 3% konvertatsiya qilingan holda ishlatiladi.

G'olib shaxsiy soliq turdagi ma'lumotlarini to'ldirishi sovrinni olish uchun zaruriy sharti bo'lib, kerakli ma'lumotlarning yo'qligi yutib olish huquqidan mahrum bo'lishini anglatadi.

12. Qonun qo’llanishi

Aktsiyaning ushbu Nizomi O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Ushbu Nizomning bajarilishi yoki talqini bilan bog'liq yuzaga keladigan har qanday sud jarayoni, nomuvofiqliklar, savollar yoki da'volar Toshkent shahar sudlari tomonidan ko'rib chiqiladi va foydalanuvchi tomonidan talab qilinishi mumkin bo'lgan boshqa yurisdiktsiyaga yo'l qo'ymaydi.

13. Umumiy shartlarni va Nizomni xar bir mamlakatda qabul qilinishi

Aktsiyada ishtirok etish ushbu Umumiy shartlarni va Nizomni to'liq va shartsiz qabul qilinishni anglatadi.

TankYou belgilangan maqsadlar uchun Aktsiyadan foydalanmaydigan yoki Umumiy Shartlarga va Nizomga rioya qilmaydigan har qanday ishtirokchini chetlashtirish huquqini o'zida saqlab qoladi va shu bilan Aktsiya tashkilotchisi, ishtirokchi oldidagi majburiyatlarini bajarishdan ozod bo’ladi. TankYou Aktsiya shartlariga biron-bir o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. TankYou istalgan vaqtda o'zgartirishlar va/yoki Aktsiyani bekor qilish to'g'risida ishtirokchilarni o'z vaqtida xabardor qilib, Aktsiyani bekor qilishi mumkin, agarda bunga biron bir qonuniy sabab va asos bo'lsa.

14. Aloqalar va shikoyatlar

Tankyou ishtirokchilarga elektron pochta manzilini (info@thankyou.uz) taqdim etadi, bu manzilga ushbu Aktsiyaga oid barcha savollar, mulohazalar yoki shikoyatlar yuborilishlari mumkin.