Loyiha haqida

Avvalo, barchamizni Yaratganning o'zi rahmati va marhamatiga muyassar etsin!..

“Thankyou” – inglizcha lug'atdan olingan “Rahmat!” to'y saytining ezgu maqsadi; Ezgu kunlarimiz, o'zbekona to'ylarimizni ixcham va mazmunli o'tkazishda sizning ko'makchingiz bo'lishdir. To'ylarimiz mohiyati bugungi kunda o'z-o'zidan isrofgarchiliklarga yo'l qo'ymaslik, ortiqcha dabdabalardan holi bo'lmog'i lozim.

Ota-ona duosi, qavmu qarindoshlar davrasida o'tkaziladigan to'ylarimiz, quda-andachilikning ming yillik an'analariga sodiq ekan o'zligimizga mudom sodiq qolaylik.

Shu mazmundagi xorijiy to'y saytlaridan farqli o'laroq, to'ylaringizni o'zbekona urf-odatlar, sharqona bezaklar, to'y egalari va to'yga tashrif buyurgan mehmonlarning xohish istaklarini ham inobatga olishni lozim deb bildik.

Shu o'rinda Beshik to'yi, xatna – sunnat to'ylari, kelin to'ylar, yubiley va turli marosimlarning bismillo-yu, maslahati bizdan, tanlash va buyurtma qilish sizdan! Niyatimiz esa xolis xizmat va sizdan oladigan rahmatimizdir.

Shoshganda “labbay topilmaydigan” mahalda sizning uzog'ingizni yaqin, og'iringizni engil, mushkulingizni oson qilishda kamarbasta bo'lsak biz ham o'z maqsadimizga etgan bo'lamiz.

Ba'zan ozgina hayajon, tanlovlarda ikkilanish, to'y marosimlarining tashkiliy jihatlarini o'ziga xos tartibda o'tkazishda xalaqit berishi mumkin. Maslahatli osh tarqamas. To'g'ri, joylardagi o'zini-o'zi boshqaruv organlari – mahallalar, nuroniy keksalarimizning maslahatlari ham asqotishi tayin. Rivojlangan axborot asrining imkoniyatlaridan unumli foydalanish esa sizning qo'lingizda. Ozini-sozini tanlang! Tanlovingiz to'g'ri ekanini biz bilan hamkorlikda to'ybop tasvsiyalarimizga amal qilsangiz albatta saytimizga murojaat qilib yanglishmaganingizni anglab etasiz.

To'y va tanlovni boshladik unda!..

To'yingizni biz bilan tashkillashtiring va 1 000 000,00 yutib oling

To'yingizni tashkillashtirishdan zavq olishni xohlaysizmi?
ThankYou bunda sizga yordam beradi!

Aktsiyada ishtirok eting va 1 000 000,00 pul mukofotini yutib oling! Aktsiya har oy o'tkaziladi, shuning uchun siz aktsiyaning istagan sonida ishtirok etishingiz mumkin.